Karyera markazi

Karyera markazi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Karyera markazi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni o‘tkazilgan 34-son yig‘ilish bayonining 2, 3 va 10-bandlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-iyundagi 314-son buyrug‘i va universitet rektorining 2021-yil 29- iyuldagi 238-UM-sonli buyrug‘ining 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

Karyera markazining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

– Ta’lim xizmatlari bozorida universitet faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, universitet reytingini oshirish maqsadida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat;

– Universitet reytingining tegishli ko‘rsatkichlarini (bitiruvchilarning kasbiy mahorati (malakaviy sifatlari) hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligi, bitiruvchilarning o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish darajasi) o‘rganish va ularni yanada oshirish uchun barcha tegishli bo‘limlar (oliy maktablar, fakultetlar, kafedralar) faoliyatini muvofiqlashtirish;

– Talabalarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tkazish usullarini o‘rgatish, ishga kirish uchun talab e’tiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;

– Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg‘or mataxasislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbollik korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish;

– Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;

– Oliy ta’lim muassasasining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to‘g‘risida hamda ushbu yo‘nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish;

– Bakalavr va magistrlar tayyorlash samaradorligi hamda sifatini oshirib borilishini ta’minlash maqsadida har yili kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi prognoz ehtiyojlarni o‘rganish;

– Bakalavr va magistrlarga bo‘lgan ehtiyoj parametrlarni ishlab chiqadigan hokimliklar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, asosiy ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

– Asosiy ish beruvchilardan olingan joriy va istiqboldagi buyurtmalar asosida universitetda korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘g‘risida zamonaviy strategik ma’lum otlar bazasini shakllantirish hamda uni doimiy yangilash va zamon talabi asosida kengaytirib borish;

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida universitetning tegishli bo‘linmalari (turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘quv uslubiy bo‘linmalar, oliy maktablar, fakultetlar, kafedralar va h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, universitet bitiruvchilarining umumiy ish bilan bandlik siyosatini muvofiqlashtirish;

– Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash;

– Ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar haqidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad qilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

– Talabalar amaliyoti va ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish, potensial ish beruvchilar ro‘yxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanish;

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yukturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli hil omillar (segmentlar) o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tahlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish;

– Joriy yil bitiruvchilari haqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat grand va to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish;

– Universitetning bitiruvchilarni ishga joylash bo‘yicha markaz faoliyati uchun zarur bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha har bir bitiruvchining reytingi va malakaviy sifatlari to‘g‘risida tavsifnoma, bitiruvchilarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xoxlashiga oid anketa so‘rovlari natijalari va ish beruvchilar (iste’molchilar)dan korxona yoki tashkilotdagi mavjud mehnat hamda maishiy madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash. Bitiruvchilarni ishga joylashishiga oid barcha zaruriy choralarni ko‘rish;

– Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o‘rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;

– Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga davriy ravishda taqdim etish, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo‘yicha universitet Kengashida hisobotlar berish.

– Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga joylashishida yordamchi-vositachilik tuzilmalarini tanlash (hokimiyatlar, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari (bo‘limlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, ishonchli vakillar va h.k.) va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Karyera markazi TSUOS Alumni Club doirasida faoliyat yurituvchi muhim markazlardan biridir. Ushbu markaz bitiruvchilar va talabalarni mehnat bozori bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini 2024-2025 o‘quv yilida jami 1296 nafar talaba tamomladi. Shundan 213 nafari grant asosida va 1083 nafar kontrakt asosidagi bitiruvchilardir. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi asosida jami 1144 nafar talaba bitirgan. (92% bandligi ta’minlanganlar).

Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 152 nafar talaba tamomlagan. (99% bandligi ta’minlanganlar).

Hurmatli mehmon!

TSUOS Alumni Club, ya’ni bitiruvchilar klubi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun alumni@tsuos.uz elektron pochta manziliga xat yozing yoki +998 71 233 34 24 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

TSUOS Alumni Club haqida ko'proq ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning