Talabalar

Talabalar

TSUOS Alumni Club talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi va ularning kasbiy shakllanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Klub faoliyati orqali talabalar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba va real hayotiy maslahatlar olish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Talabalar uchun asosiy imkoniyatlar:

  • Mentorlik dasturlari — tajribali bitiruvchilar tomonidan kasbiy yo‘naltirish va maslahatlar
  • Uchrashuvlar va seminarlar — muvaffaqiyatli bitiruvchilar bilan ochiq muloqot
  • Ilmiy loyihalar – talabalar bitiruvchilar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.
  • Karyera tadbirlari — treninglar, master-klasslar, amaliy mashg‘ulotlar
  • Amaliyot va ish imkoniyatlari haqida ishonchli ma’lumotlar

Alumni Club talabalarga o‘z qiziqishlari va imkoniyatlarini anglash, kelajak kasbini ongli ravishda tanlashda muhim ko‘makchi bo‘ladi.

Hurmatli mehmon!

TSUOS Alumni Club, ya’ni bitiruvchilar klubi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun alumni@tsuos.uz elektron pochta manziliga xat yozing yoki +998 71 233 34 24 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

TSUOS Alumni Club haqida ko'proq ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning