TDSHU ko’plab bitiruvchi talabalari dunyoning nufuzli universitetlari talabasi bo’lishdi
- 22/01/2016
- Posted by: alumni-admin
- Category: Uncategorized
Universitetimizning Turkshunoslik fakulteti bitiruvchisi – talabamiz Safoyeva Shahnoza dunyoning eng yetakchi universiteti qatoridan joy olgan Kolumbiya universitetining magistratura bosqichiga qabul qilindi.
Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti bitiruvchisi Izbosarov Baxrom dunyoning eng yetakchi TOP 300 ta universiteti qatoridan joy olgan Milan universiteti(University of Milan)ning magistratura bosqichiga toʻliq grant asosida qabul qilindi. Shuningdek, yillik €7200 stipendiyani ham qoʻlga kiritdi.
Sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Bozorqulov Javohir dunyoning eng yetakchi universiteti qatoridan joy olgan – Italyaning Turin universiteti magistraturasiga 100 % grant bilan qabul qilindi. Talabalarimizning ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.
TSUOS Alumni Club, ya’ni bitiruvchilar klubi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun alumni@tsuos.uz elektron pochta manziliga xat yozing yoki +998 71 233 34 24 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.